Loris Keynning muvaffaqiyat sirini aytdi: «Bu tasodif emas»

«Tottenxem» klubi sobiq posboni Ugo Loris sobiq jamoadoshi Harri Keynning faoliyati va insoniy fazilatlari haqida fikr bildirdi.
Frantsiyalik darvozabonning so'zlariga ko'ra, Keyn o'z ustida tinimsiz ishlashi bilan boshqalardan ajralib turadi.
«Hech kim undan bunday yuqori natijalarni kutmagan edi. Keyn — mehnatkash inson. Uning darvoza oldidagi mahorati tasodif emas, balki temir intizom va mehnat mahsulidir», — deydi Loris.
Shuningdek, Loris hujumchining yillar davomida o'yin uslubi o'zgarganini ta'kidladi. Keyn faoliyati davomida nafaqat sof «to'qqizlik», balki maydon markazida o'yinni boshqaradigan pleymeyker darajasigacha ko'tarilganini alohida qayd etdi.
«U oddiy qadriyatlarga ega, oilaparvar yigit. U jamoa ichida ko'p gapirmasa-da, lekin etakchilik qobiliyati yuqori. Harri yulduzlikka intilmaydi, bu uning xarakteriga xos emas. U ko'proq djentlmen. Balki u rok-yulduz emasdir, lekin haqiqiy yulduz», — deya qo'shimcha qildi Loris.