Italiyalik hujumchi, sobiq Evropa chempioni Lorentso Insine o'zi uchun qadrdon bo'lgan yangi jamoa topdi — u «Peskara» klubiga qo'shildi. Adriatika sohili jamoasi Insine yordamida Italiya ikkinchi divizioni (B Seriya)dagi o'rnini saqlab qolishdan umidvor.

Agar jamoa o'z maqsadiga erishsa, Lorentso keyingi mavsumda ham shu erda qolishga tayyor — futbolchi va klub rahbariyati o'rtasida shunday kelishuv mavjud.

«Men prezidentga so'z berdim — agar B Seriyada qolsak, men ham qolaman. "Peskara" — mening ikkinchi uyim. Bu klub bilan alohida munosabatlarim bor. Oilamga ham bu er juda yoqadi», — deya Insinening so'zlarini keltirmoqda derby.it.

Eslatib o'tamiz, Insine yaqin vaqtgacha Kanada chempionatida to'p surayotgan edi.