Lorente: «Kubokni boy berdik»

Madridning «Atletiko» klubi futbolchisi Markos Lorente Ispaniya Kubogi finalida «Real Sosedad»ga qarshi kechgan o'yindagi muvaffaqiyatsizlik borasida fikr bildirdi. Diego Simeone jamoasi Xulian Alvaresning goli evaziga asosiy vaqtda mag'lubiyatdan qutulib qolgan edi, biroq penaltilar seriyasida basklar aniqroq harakat qilishdi.
«Birinchi daqiqadayoq gol o'tkazib yuborish juda yoqimsiz bo'ldi. Birinchi bo'lim dahshatli o'tdi. Tanaffusdan so'ng ishlar yaxshilandi, ammo penaltilar seriyasi — bu lotereya. Biz o'zimizga kelishimiz kerak, oldinda bizni ajoyib o'yin — Chempionlar ligasi yarim finali kutmoqda. Yaqin bir necha kun juda og'ir bo'ladi, lekin biz boshimizni baland ko'tarib, hammasini to'g'ri bajarishimiz shart», — deya Lorentening so'zlarini Atletico Universe nashri keltirmoqda.