Lorente: "Faoliyatimni "Atletiko"da yakunlamoqchiman"

"Atletiko Madrid" himoyachisi Markos Lorente kelajak rejalari bilan o'rtoqlashdi.
31 yoshli futbolchining "matraschilar" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o'rtalarida tugaydi.
"Faoliyatimni "Atletiko"da yakunlamoqchiman. Bu erda uzoqroq qolishni istayman va umid qilamanki, shartnomani uzaytirish borasida kelishib olamiz.
Klubda o'zimni yaxshi his qilyapman", dedi ko'p qirrali himoyachi.