Lorente "Enfild"da gol urishni yaxshi ko'radi

Madridning "Atletiko" klubi futbolchisi Markos Lorente "Enfild"da "Liverpul"ga qarshi bahsda dubl qayd etdi.
Bu Lorentening butun faoliyati davomida Chempionlar ligasidagi ikkinchi dubli bo'ldi - birinchi marta ham "Liverpul"ga qarshi safar o'yinida (2020 yil mart oyida) qayd etilgan.
Umumiy hisobda futbolchi eng nufuzli evrokubokda 45 ta o'yinda 7 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan. Gollarning yarmidan ko'pi - 4 tasi "Liverpul" bilan "Enfild"dagi ikki o'yinga to'g'ri keldi.