"Atletiko"ning ispaniyalik universal futbolchisi Markos Lorente klubdagi kelajagi borasida o'z pozitsiyasini aniqlab oldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Futbolchi Madrid jamoasida qolishni istamoqda. Qayd etish joizki, ayni damda unga APL klublari tomonidan qiziqish bildirilmoqda.

Joriy mavsumda Markos Lorente "Atletiko" safida 40 ta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda yarim himoyachi 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 22 million evroga baholamoqda.