Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Markos Lorente jamoadoshi Pedro Porroning o'yini haqida fikr bildirdi.

"Porro Jahon chempionatida ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Hammasi o'z o'rnida ketayotganidan u uchun juda xursandman. U Frantsiyaga qarshi ajoyib o'yin ko'rsatdi", - dedi Lorente.

Ispaniya 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalida Frantsiyani 2:0 hisobida mag'lub etdi. Porro "Qizil Furiya" uchun gollardan birini urdi va o'yinning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Jahon chempionati finalida Luis de la Fuente shogirdlari Angliya-Argentina o'yini g'olibi bilan to'qnash keladi.

Manba: Stadion.uz