Lopetegi Jahon chempionati haqida: «U erga shunchaki ishtirok etish uchun borish — ahmoqlik»

Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi uning jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida shunchaki qatnashish uchun emas, balki natija uchun kurashish niyatida ekanligini ma'lum qildi.
«Jahon chempionatiga yo'llanma olganingda: "Bu haqiqiy muvaffaqiyat!" deyishing mumkin. Va bu haqiqatan ham katta harflar bilan yoziladigan muvaffaqiyatdir. Ammo faqat shunga yopishib olib, ish bajarildi deb o'ylash yaramaydi. Yo'q, bu xato. Endi biz qurollarimizni charxlab, jang qilishimiz kerak», — deya ta'kidladi murabbiy The Guardian nashriga bergan intervyusida.
«Qur'a paytida Qatar raqib bo'lib tushsa, boshqa jamoalar bundan xursand bo'lishini tushunib turibmiz. Bu bizning g'azabimizni keltirmasligi kerak. Biz buni anglab etishimiz lozim. Biroq ular hali bizni mag'lub etishlari kerak bo'ladi», — dedi Lopetegi.
«Qatar Jahon chempionatiga chiqqanlik faktining o'zini allaqachon nishonlab bo'ldi va bu haqiqatan ham noyob yutuq. Ammo u erga shunchaki ishtirok etish uchun borish — ahmoqlik. Biz Jahon chempionatiga kurashish uchun boryapmiz», — deya fikrini yakunladi Qatar termasi ustozi.
Eslatib o'tamiz, Qatar terma jamoasi «B» guruhida Kanada, Shveytsariya hamda Bosniya va Gertsegovina terma jamoalari bilan birga kurash olib boradi.