Madridning «Atletiko» klubi ustozi, argentinalik mutaxassis Diego Simeone Angliya Premer-ligasining top-klubida ish boshlashi mumkin. Bu haqda The Sun tabloidi jurnalistlari xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Londonning «Chelsi» klubi yulduz murabbiyni taklif qilishdan manfaatdor. Simeone «aristokratlar» boshqaruvida jamoa bilan unchalik yaxshi natijalar ko'rsata olmayotgan Liam Rosenorning o'rnini egallashi mumkin.

Diego 2011 yildan beri «matraschilar» bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda. Simeone va «Atletiko» o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida nihoyasiga etadi.