London klubi niderlandiyalik iqtidor uchun "Real" va "MYu" bilan kurashadi

"Kristal Pelas" Niderlandiyaning "AZ Alkmar" klubi yarim himoyachisi Kes Smitga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda MailSport nashri xabar bermoqda.
19 yoshli futbolchi Evropaning eng umidli yosh iqtidorlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, u "Manchester Yunayted" va "Real" kabi grandlar e'tiboriga tushgan.
Smit joriy mavsum 12 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.