London klubi ispan vingerining transferini yakunlash arafasida – tafsilotlar ma'lum

Angliyaning "Kristal Pelas" klubi Ispaniya terma jamoasining 22 yoshli vingeri – "Vilyarreal"dan Yeremi Pinoning transferini yakunlamoqda.
Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manbaga ko'ra, barcha tomonlar o'rtasida og'zaki kelishuvga erishilgan. Bu 30 million evro va qo'shimcha bonuslar evaziga to'liq transfer bo'ladi.
Ispaniyalik futbolchi uzoq muddatli shartnoma imzolaydi. “Suv osti kemasi” bilan amaldagi kelishuv yana ikki mavsumga mo'ljallangan.