London klubi frantsiyalik himoyachini xarid qilishga yaqin turibdi

"Monako" markaziy himoyachisi Sungutu Magassa "Vest Xem"ga o'tishga yaqin turibdi.
Bu haqda jurnalist Santi Auna ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, klublar 21 yoshli frantsiyalik futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan.
"Bolg'achilar" "Monako"ga 17 million evro to'laydi. Shuningdek, monakoliklar futbolchining o'yini uchun 3 million evro bonus olishlari mumkin.