"Tottenxem" "Barselona" hujumchisi Ferran Torresni nishonga oldi.

Qayd etilishicha, londonliklar futbolchi uchun 65 mln evro taklif qilgan. Qayd etilishicha, "Barselona"da bu taklif e'tiborsiz qolmagan. Torresning sotilishi kataloniyaliklarga moliyaviy ahvolini yaxshilashga yordam berishi mumkin. Ammo "ko'k-anorranglilar" hali uzil-kesil qarorga kelishgani yo'q.

Joriy mavsumda Ferran Torres "Barselona" safida 14 ta o'yin o'tkazdi. Ularda hujumchi ettita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.