Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso Angliya Premer-ligasida ish boshlashi mumkin.

Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, Londonning "Tottenxem" klubi Alonso "Real"dan iste'foga chiqarilgach, u bilan darhol muzokara boshlagan.

Ayni damda "shporlar" ustozi Tomas Frank hisoblanadi, ammo so'nggi paytlarda uning iste'fosi haqida xabarlar ko'payib bormoqda.

21-tur yakunlariga ko'ra, "Tottenxem" 27 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda.