«Lokomotiv» yangi mavsumga tayyorgarlikni uch bosqichda olib boradi.

5-27 yanvar kunlarida jamoa Toshkentda ilk bosqichni o'tkazadi. Ikkinchi bosqich esa 28 yanvar - 18 fevral kunlarida Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkaziladi. Uchinchi bosqich jamoaning Toshkentdagi qarorgohida davom ettiriladi.

Ushbu yig'inda jamoa 9 nazorat uchrashuvida qatnashadi. Hozircha raqiblardan 4 tasi aniq:

1 fevral. «Lokomotiv» - «Qiziljar» (Qozog'iston)

4 fevral. «Lokomotiv» - «Bihor» (Ruminiya)

7 fevral. «Lokomotiv» - «Opava» (Chexiya)

12 fevral. «Lokomotiv» - «Samgurali» (Gruziya)

Qolgan raqiblar borasidagi malumotlar keyinroq ma'lum qilinadi.

Manba: lokomotiv.uz