“Ushbu bitimga asosan Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan 2-son sport maktabi hududidagi tabiiy va sun'iy chimli futbol maydonlari bir yildan ziyod vaqt mobaynida to'liq qayta ta'mirdan chiqarilib foydalanishga topshirildi.

Bugun, 25 avgust kuni bo'lib o'tgan ochilish marosimida Sport vazirligi va tuman hokimligidan vakillar, futbol mutasaddilari hamda klubimiz rahbariyati ishtirok etib, ananaviy lenta qirqish tadbiri o'tkazildi.

Tadbir davomida "Lokomotiv" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari hamda 2-son sport maktabi yosh sportchilari o'z ko'rgazmali chiqishlari bilan marosim qatnashchilarini xushnud etishdi.

Shuni etirof etish joizki, har ikkala maydon "Lokomotiv" PFK bosh homiysi "O'zbekiston temir yo'llari" AJ moliyaviy ko'magi bilan to'liq ta'mirdan chiqarilib, katta o'lchamdagi maydon "Lokomotiv" klubiga, kichik maydon esa 2-son sport maktabiga topshirildi”, – deyiladi “Lokomotiv” matbuot xizmati xabarida.

4.jpg5.jpg6.JPG7.JPG8.jpg9.JPG10.JPG11.JPG12.JPG13.JPG14.JPG15.JPG16.JPG17.JPG18.JPG19.JPG20.JPG21.JPG22.JPG23.JPG24.JPG25.JPG