Yangi mavsum uchun tayyorgarlikni Antaliyada davom ettirayotgan «Lokomotiv» yig'in doirasidagi beshinchi nazorat o'yinini o'tkazdi.

Ruminiyaning "ASA Targu Muresh" jamoasi raqiblik qilgan bahsda jamoamiz 3:2 hisobida g'alabaga erishdi.

Uchrashuvda Temurxo'ja Abduxoliqov dubl qayd etgan bo'lsa, Sardor Mirzaev ham raqib darvozasini ishg'ol etdi.

«Lokomotiv» - "ASA Targu Muresh" 3:2
Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov (31, 55), Sardor Mirzaev (40) - Okan Chatziterzoglu (80), Krishtian Magureshan (90).

Manba: lokomotiv.uz