Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Manuel Lokatelli JCh-2026 saralashida Isroil ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (5:4) o'z fikrlarini bildirdi.

"Aqldan ozdiradigan o'yin. Biz gollar urdik, o'tkazib ham yubordik, hisobni 4:4 ga etkazdik, ammo baribir g'alaba qozondik.

Menimcha, jamoaning xarakteriga e'tibor qaratish lozim, ammo xatolar haqida gapirmasdan ham bo'lmaydi - ularni tahlil qilishimiz kerak.

Biz noto'g'ri yondashuvni tanladik va Isroilning hujumlarga osonlikcha kirib ketishga imkon berdik", – dedi futbolchi.