Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Manuel Lokatelli «skuadra adzurra»ning 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqa olmagani haqida fikr bildirdi. Hal qiluvchi o'tish o'yinida italiyaliklar Bosniya va Gertsegovinaga imkoniyatni boy berishdi (1:1, penaltilar bo'yicha 1:4).

«Ko'zlarimda yosh, o'zimni butunlay tugagandek his qilyapman. Jamoa bor kuchini berdi, men yigitlar bilan faxrlanaman. Jahon chempionatiga chiqishni istagandik, ammo bu o'xshamadi — bu haqiqiy omadsizlik. Bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat», — deyiladi futbolchining ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.

Ta'kidlash joizki, Italiya terma jamoasi qatorasiga uchinchi Jahon chempionatini o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

Mundial 11 iyundan 19 iyulga qadar Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadi.