Loftus-Chik «Milan»ni tark etmoqchi emas

Angliyalik futbolchi «Milan» bilan shartnomasi tugaguniga qadar klubda qolishni va muddat yakunlangach, erkin agent sifatida ketmoqchi.
Bu holat, tabiiyki, «Milan» rahbariyatini qoniqtirmaydi — klub futbolchini sotib, muayyan mablag' ishlab olishni rejalashtirgan edi. Endi esa uni zaxira o'rindig'iga o'tkazib, «hech narsa qilmay o'tirishini» bechorahol kuzatishga majbur bo'lishi mumkin.
Loftus-Chik 2023 yildan beri «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqtgacha u «rossoneri» libosida barcha musobaqalarni inobatga olganda roppa-rosa 100 ta o'yinda maydonga tushgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar