«Bavariya» va Frantsiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Biksant Lizarazyu Chempionlar ligasi finalida «Arsenal»ning o'yini haqida o'z fikrlarini bildirdi. Kecha «kanonirlar» bosh evrokubokning hal qiluvchi bahsida «PSJ»ga imkoniyatni boy berishdi (asosiy vaqtda 1:1, penaltilar seriyasida 3:4).

— «Arsenal» ongli ravishda futbol o'ynamaslikka qaror qildimi?

— Ko'rinib turibdiki, ularning rejasi «PSJ» hujum chizig'iga o'z imkoniyatlarini ko'rsatishga yo'l qo'ymaslik va vaqtni cho'zish orqali ularni asabiylashtirishdan iborat edi. O'yin ancha tartibsiz kechdi, parijlik futbolchilarning g'azablanayotganini ko'rdik. «PSJ» o'z tezligida o'ynay olmadi. Ular hujumga chuqurlik bera olishmadi, chunki «Arsenal» himoyada ajoyib o'ynadi va jamoaviy zichlikni doim saqlab turdi.

— Kechagi o'yinda sizni eng ko'p nima hayron qoldirdi?

— «Arsenal»ning bir soniya bo'lsa ham o'z rejasidan chekinmagani. Ayniqsa, qo'shimcha vaqtlarda «PSJ» o'z etakchilari — Xvicha, Dembele va Vitinyalarni maydondan olganda. «Kanonirlar» yangi futbolchilarni tushirib, faolroq o'ynay boshlashdi, lekin niyatini oxirigacha etkaza olishmadi. Menimcha, bu xato edi: ular ko'proq narsa qilishlari mumkin edi.

— «Arsenal»ga ambitsiya etishmayaptimi?

— O'ylaymanki, ha. «Arsenal»da o'yin nazoratini qo'lga olish uchun imkoniyatlar bor edi, lekin ular «PSJ»ga o'ynashga yo'l qo'ymaslik g'oyasiga haddan tashqari berilib ketishdi. «PSJ» o'z etakchilarini almashtirgan paytda maydonga tushgan futbolchilarning mahoratini hisobga olsak, «Arsenal»ga vaziyatdan foydalanish uchun biroz jur'at etishmadi, — dedi Lizarazyu.