"Liverpul" "Yuventus" yarimhimoyachisini olmoqchi

Angliyaning "Liverpul" klubi 24 yoshli frantsiyalik yarim himoyachi Kefren Tyuram uchun Madridning "Real" klubi bilan raqobatlashmoqda. Bu haqda Fijaches nashri xabar bermoqda.
Mersisaydliklarning fikricha, futbolchida Premer-ligada o'zini ko'rsatish uchun barcha zarur sifatlar mavjud. Insayderlarning qayd etishicha, Tyuram Rayan Gravenberx bilan juftlikda o'ynashi mumkin edi.
Frantsuz 2024 yildan beri "Yuventus"da o'ynamoqda, bungacha u "Nitstsa"da o'ynagan. Tyuram bu mavsumda A Seriyada ettita o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.