Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, frantsuz himoyachisi Ibraima Konate “Liverpul” bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirish bo'yicha taklifni qabul qilmagan.

Klub unga juda yuqori maoshli taklif yo'llagan bo'lsa-da, muzokaralar ijobiy natija bermagan.

26 yoshli frantsuzning amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan. Unga Evropaning boshqa grand klublari da'vogarlik qilmoqda.