"Liverpul" markaziy himoyachisi Ibraima Konate kelasi yozdayoq erkin agentga aylanishi mumkin.

Frantsuzning amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirida o'z nihoyasiga etadi. Jurnalist Jeyms Pirsning yozishicha, "qizillar" rahbariyatining Konate bilan muzokaralari qanchalik uzoq davom etsa, joriy mavsum futbolchi uchun jamoadagi so'nggi mavsum bo'lishi ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi. Ayni paytda tomonlar kelishuvga yaqin emas, yanvar oyidan boshlab esa 26 yoshli markaziy himoyachi boshqa klub bilan shartnoma oldidan kelishuv tuzish huquqiga ega bo'ladi.

Ibraima Konatega "Real", "Barselona", "Bavariya" va boshqa Evropa grandlari qiziqish bildirmoqda. Futbolchi mersisaydliklar sharafini 2021 yildan buyon himoya qilib kelmoqda.