«Liverpul» Yaponiya terma jamoasi o'yinchisi uchun 60 million evro to'lashga tayyor

«Maynts» yarim himoyachisi Kaisu Sano faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Bild nashri ma'lumotlariga ko'ra, «Liverpul» 25 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqmoqda. «Qizillar» tayanch yarim himoyachisi uchun 60 million evro taklif qilishga tayyor. Sanoning transfer qiymati Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so'ng ancha oshdi. «Maynts» o'z o'yinchisini qo'yib yuborishga tayyor bo'lishi kutilmoqda.
Kaisu Sano 2024 yilda «Kashima Antlers»dan 2,5 million evro evaziga «Maynts»ga o'tgan edi. Uning Germaniya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar