"Liverpul" yana bir xaridni amalga oshirmoqda - Gexi tibbiy ko'rikdan o'tmoqda

Mark Gexi "Liverpul"ga o'tadi. "Mersisaydliklar" "Kristal Pelas" himoyachisi transferiga rozi bo'ldi, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano. Kelishuv 35 million funt sterlingdan oshadi, London klubi futbolchining keyingi sotuvidan 10 foiz oladi.
Xabar qilinishicha, Gexi "Kristal Pelas" ruxsati bilan Londonda "Liverpul" uchun tibbiy ko'rikdan o'tmoqda. Uning shaxsiy shartnomasi shartlari bir oy oldin kelishilgan.