"Liverpul" yana bir juda katta transferni amalga oshirishga tayyor

"Liverpul" kelasi yozda yana bir yirik transfer amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Daily Mail xabariga ko'ra, "qizillar" 2026 yilning yozida "Bavariya" o'ng qanot vingeri Maykl Olise uchun 130 million funt to'lashga tayyor. Frantsuz katta ehtimol bilan Salohning o'rnini egallaydi.
Olise joriy mavsumda myunxenliklarning 10 ta o'yinida 11 ta golda ishtirok etdi.
Manba: www.stadion.uz.