«Liverpul» xo'jayini Klopp bilan uchrashdi

«Liverpul» Yurgen Klopp bilan aloqaga chiqmoqda, deya xabar beradi Angliyaning The Sun nashri. Manbaga ko'ra, klub xo'jayini Jon Xenri hozirda Malorkada dam olayotgan germaniyalik mutaxassis bilan uchrashish uchun u erga uchib borgan.
Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad hozircha noma'lum — bu murabbiyni ortga qaytarish taklifimi yoki 2024 yilda aynan Kloppning tavsiyasi bilan tayinlangan Arne Slot borasidagi maslahatlashuvmi, busi mavhumligicha qolmoqda.
Shuningdek, manba boshqa qiziqarli stsenariyni ham keltirgan: «Bornmut» bilan muvaffaqiyatli ishlagani ortidan o'z mavqeini ancha oshirgan ispaniyalik mutaxassis Andoni Iraola jamoa boshqaruvini qo'lga olishi mumkin.