"Birmingem" "Liverpul" vingeri Lyuis Kumas bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

19 yoshli futbolchi yangi jamoasiga ijara asosida kelib qo'shildi. Shartnoma 1 mavsumga tuzilgan.

"Men juda hayajondaman va o'yinlar boshlanishini intiqlik bilan kutyapman. Men nimalarga qodirligimni ko'rsatish, gollar urish va golli uzatmalar berish uchun shu erdaman," - deya Kumasning so'zlarini keltiradi "Birmingem" matbuot xizmati.

O'tgan mavsumda Kumas Chempionshipning "Stok Siti" jamoasida o'ynagan va barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uels o'smirlar terma jamoasi futbolchisining narxi 2 million evroga baholanmoqda.