"Liverpul" vingeri "Real" qiziqish doirasiga tushgan

"Liverpul" vingeri Rio Ngumoxa "Real" qiziqish doirasiga tushgan.
Ispaniya grandi prezidenti Florentino Peres 17 yoshli mersisaydliklar vunderkindining ashaddiy muxlisi, deb xabar bermoqda Defensa Central.
Qolaversa, inglizning o'zi ham "qaymoqranglilar"ning muxlisi degan taxmin bor.
Rio Ngumoxa yaqinda Premer-ligadagi debyut o'yinida "Nyukasl" darvozasini (3:2) ishg'ol qildi va "Liverpul" tarixidagi APLda gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.