Angliyaning "Liverpul" klubi "Monako" vingeri Magnes Akliushning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

L’Équipe nashrining xabar berishicha, mersisaydliklar 24 yoshli frantsuz futbolchisini jamoa etakchisi Muhammad Salohning o'rnini bosuvchi asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rishmoqda. Ma'lumki, Saloh shu yozda erkin agent sifatida klubni tark etadi. "Liverpul" rahbariyati "Monako" futbolchi uchun taxminan 50 million evro talab qilayotganiga qaramay, muzokaralarga kirishishga tayyor.

Akliush joriy mavsumda Frantsiya Lige 1 doirasida 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Qayd etilishicha, ushbu futbolchi uchun kurashda "Tottenxem" klubi ham mersisaydliklarga raqobat tug'dirishi mumkin.

Bundan tashqari, "Liverpul" skautlari Frantsiya chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan "Lans" yarim himoyachisi Mamadu Sangareni ham kuzatishda davom etmoqda. Klub yozgi transfer oynasida tarkibni sezilarli darajada yangilashni maqsad qilgan.