Ispaniyaning «Real Madrid» klubi va Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Orelen Tchuameni faoliyatini «tumanli Albion»da davom ettirishi mumkin. 26 yoshli tayanch yarim himoyachisining xizmatlariga Angliya Premer-ligasining ikkita top-klubi qiziqish bildirmoqda.

Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, «Liverpul» va «Manchester Yunayted» Tchuamenini o'z safiga qo'shib olishni istamoqda. Har ikkala klub futbolchiga yiliga 12 million evro miqdorida ish haqi taklif qilishga tayyor.

O'z navbatida, «Real» o'z asosiy futbolchisi bilan xayrlashish niyatida emas. Orelenning o'zi ham Madridni tark etishga ishtiyoq bildirmayapti.

Joriy mavsumda frantsiyalik futbolchi «qaymoqranglilar» safida 41 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.