Top-klublarning yangi nishoni aniq bo'ldi. «Genk» klubining 18 yoshli yarim himoyachisi Konstantinos Karetsas APL grandlari e'tiborini tortdi. Bu haqda SportsBoom nashri xabar bermoqda.

Futbolchi hozirda «qariyb butun Premer-ligada mashhurlikka erishgan. «Liverpul» Karetsasni Muhammad Salohning o'rnini bosish bo'yicha keng ko'lamli rejaning bir qismi sifatida ko'rmoqda. Shuningdek, «Arsenal», «Chelsi», «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» ham gretsiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Konstantinos Karetsas «Genk» safida 46 ta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda u 3 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali yarim himoyachining narxini 35 million evroga baholamoqda.