Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Angliya Premer-ligasiga yo'l olishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, 23 yoshli frantsiyalik futbolchi xizmatlariga «Liverpul» va «Manchester Siti» qiziqish bildirmoqda. «Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino Kamavingani o'z loyihasida asosiy o'yinchi deb hisoblamayotgani va uni qo'yib yuborishga tayyor ekani aytilmoqda.

Biroq, APL klublarining qiziqishiga qaramay, yarim himoyachining o'zi «Real»ni tark etishni istamayotgani ta'kidlangan.

2025/26 yilgi mavsumda Kamavinga barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda ishtirok etib, ikkita gol urdi va o'z hisobiga bitta golli uzatma yozdirib qo'ydi.

Manba: Stadion.uz