"Fluminense" hujumkor yarim himoyachisi Isak Severino Silva Angliya grandlari e'tiborida bo'lib turibdi.

O Jogo xabariga ko'ra, 18 yoshli braziliyalik futbolchini APL grandlari "Liverpul" va "Manchester Siti" diqqat bilan kuzatmoqda.

Hozirda Transfermarkt portalida 1 million evroga baholanayotgan futbolchining top-klublardan biriga transferi 2026 yil yozida amalga oshishi mumkin.

U shu vaqtga qadar "Fluminense" safida 12 ta rasmiy o'yinda qatnashgan.