"Everton" safida to'p tepayotgan 25 yoshli hujumchi Iliman Ndiaye bir vaqtning o'zida Angliya premer-ligasining bir necha klublari qiziqishlari doirasida. Bu haqda Footmercato jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, hujumchiga "Liverpul", "Manchester Siti" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirmoqda. Futbolchining transfer narxi 35 million evroni tashkil etadi.

Senegallik hujumchi "irislar" safiga o'tgan yilning yozida ko'chib o'tgan edi. U 2029 yilning yarmigacha shartnoma imzoladi.

Ndiaye joriy mavsum "Everton" safida 15 ta bahsda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.