"Liverpul" va "Arsenal" Italiya terma jamoasining 60-65 mln evrolik futbolchisi uchun kurashishi mumkin

"Liverpul", "Arsenal" va "Tottenxem" Italiya terma jamoasi hamda "Brentford"ning o'ng qanot himoyachisi Maykl Kayodega qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar 22 yoshli futbolchini ushbu poziciyani kuchaytirish uchun asosiy nomzodlar ro'yxatiga kiritgan. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Joriy mavsumda Kayode barcha musobaqalarda ettita o'yinda maydonga tushib, bitta gol muallifi bo'ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, himoyachining bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi.
Kommentariyalar