"Liverpul" uzoq vaqtga safdan chiqqan Isak o'rnini yulduz futbolchi bilan to'ldiradi

"Liverpul" forvardi Aleksandr Isak jarohati sabab uzoq muddatga safdan chiqdi. Shu munosabat bilan mersisaydliklar rahbariyati shvetsiyalik futbolchiga o'rinbosar olishni rejalashtirmoqda.
The Telegraph jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, "qizillar" o'z safiga "Bornmut" forvardi Antuan Semenoni qo'shib oladi. 25 yoshli ganalik bila shaxsiy shartnoma shartlari kelishib olindi. Potentsial bitim summasi 75 million evroga baholanmoqda. Bitim qishki transfer oynasida rasmiylashtiriladi.
Joriy mavsumda Antuan 17 ta o'yinda ishtirok etib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Hujumchining hozirgi klubi bilan mehnat shartnomasi 2030 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.