"Liverpul" ustozi: "Manchester Siti"ga qarshi o'yin "Real Madrid"ga qarshi tarkibga ta'sir qilmaydi"

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Chempionlar ligasi doirasida "Real"ga qarshi o'yin uchun asosiy tarkibni tanlashda "Manchester Siti" bilan bo'lajak o'yinga e'tibor bermasligini aytdi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yin 5 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.
"Yakshanba kungi o'yin ertangi kun uchun asosiy tarkibimga ta'sir qilmaydi. O'yinlar orasida to'rt kun bor - bu oddiy tanaffus. Bizda o'yinlar oralig'ida bor-yo'g'i ikki kun bo'lgan vaziyatlar bo'lgan va bu yaxshi. Ertaga ham shunday bo'ladi va ikkala jamoa ham teng sharoitda", - dedi Slot.
"Real Madrid" bilan o'yindan so'ng "Liverpul" Manchesterga yo'l oladi va u erda 9 noyabr kuni APLning markaziy turida "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushadi.