"Liverpul" "Tottenxem" yulduzini o'z safiga qo'shib olishga tayyor

"Tottenxem"ning 19 yoshli shvetsiyalik yarim himoyachisi Lukas Bergvall "Liverpul"ga o'tishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar berdi.
Manbaga ishonadigan bo'lsak, Bergvall "Liverpul"ning yanvar oyidagi ustuvor transfer maqsadi hisoblanadi. Ta'kidlanishicha, mersisaydliklar allaqachon "shporlar"ga 59 million evrolik taklif bilan chiqqan.
Bergvall joriy mavsum barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 4ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Shvedning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda.