"Tottenxem" Endryu Robertsonni sotib olishga yaqinlashmoqda.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, londonliklar "Liverpul"ga rasmiy taklif bilan chiqqan, muzokaralar yuqori bosqichda.

"Roma" agar Robertson jamoasini o'zgartirsa, Konstantinos Tsimikasning ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishga va grekni mersisaydliklarga qaytarishga tayyor.

Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, shotlandiyalik futbolchi "Liverpul" rahbariyatiga "Tottenhem"ga o'tish istagini bildirgan, Tsimikas esa "Roma" bosslariga APLga qaytmoqchi ekanini ma'lum qilgan.