"Liverpul" top-futbolchisini atigi 17 million evroga sotishi mumkin

Himoyachi Ibraima Konate hali ham kelajagi masalasini hal qilgani yo'q - frantsuzning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Matbuot Konateni Evropaning boshqa top-klublari bilan bog'lashda davom etmoqda.
Football Insider xabariga ko'ra, "Liverpul" Konatani qishda sotib yuborishi mumkin. Ammo mersisaydliklar o'rniga boshqa futbolchi topilsagina, frantsuzni sotib yuborishadi.
Manbaga ko'ra, Konate sotilgan taqdirda "Liverpul" 15 million funt (taxminan 17,2 million evro) taklifni qabul qilishi mumkin.
Ibraima Konate 2021 yilning yozidan beri "Liverpul" sharafini himoya qilmoqda. U "Leyptsig"dan sotib olingan.