«Liverpul» to'rt nafar futbolchisini transferga qo'yadi

«Liverpul» tarkibni keng ko'lamli qayta qurishga tayyorlanmoqda. The Sun xabariga ko'ra, kelayotgan yozda mersisaydliklar klubini nafaqat Muhammad Saloh tark etadi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, «Liverpul» to'rt nafar futbolchisini transferga qo'yadi: Jo Gomes, Aleksis MakAllister, Federiko Keza va Kodi Gakpo.
Shuningdek, yarim himoyachi Kyortis Jonsning kelajagi ham noma'lum bo'lib qolmoqda. Bundan tashqari, himoyachi Endryu Robertson yozda klubni erkin agent maqomida tark etishi kutilmoqda.