Insayder Fabritsio Romano «Liverpul»ning kutilayotgan yozgi transfer maqsadlari haqida fikr bildirdi.

Manbaning ta'kidlashicha, «qizillar» bitta yoki hatto ikkita yangi vinger bilan shartnoma imzolash niyatida. Hozircha aniq nomlar oshkor etilmayapti, biroq mersisaydliklar hujum qanotlarini kuchaytirish ustida faol ish olib borishi allaqachon ma'lum.

O'tgan yozda «Liverpul» qariyb 500 mln evrolik xaridlarni amalga oshirgan edi, ammo bu ichki arenada muvaffaqiyat keltirmadi — Arne Slot jamoasi Premer-liganing 30 turidan so'ng turnir jadvalida bor-yo'g'i beshinchi o'rinni egallab turibdi. Chempionlar ligasida esa Angliya grandi chorak finalga yo'l oldi va u erda «PSJ»ga qarshi bahs olib boradi.