«Liverpul» sobiq bosh murabbiyi Saudiyada ish boshlashi mumkin

"Liverpul" va Shotlandiyaning "Seltik" klublari sobiq bosh murabbiyi Brendan Rojers Saudiya Arabistoni chempionatida ishlashi mumkin. Bu haqda AWsat jurnalistlari xabar berdi.
Manbaga ko'ra, taniqli futbol mutaxassisi xizmatiga "Al-Qodisiya" qiziqish bildirmoqda. Klub tez orada murabbiyni rasman tanishtirishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Rodjersning so'nggi ish joyi "Seltik" bo'lgan. Brendan joriy yilning oktyabr oyida Shotlandiya jamoasini tark etgandi.
Saudiya Arabistoni chempionatining 2025/2026 yilgi mavsumida "Al-Qodisiya" turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi.