Yakshanba kuni "Liverpul" Premer-liga doirasidagi "Manchester Yunayted"ga qarshi uy uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi (1:2).

Printsipial o'yinning taqdiri 84-daqiqada Xarri Maguayr "qizil iblislar"ning g'alaba to'pini kiritganida hal bo'ldi. Opta xabariga ko'ra, "Liverpul" 2021 yil fevralidan beri ilk bor Angliya chempionatida ketma-ket uchta o'yinda mag'lub bo'ldi.

Avvalroq, Arne Slot jamoasi Londonda "Kristal Pelas" va "Chelsi"ga xuddi shu hisobda yutqazib qo'ygandi, orada esa Chempionlar Ligasida Turkiyaning "Galatasaroy" klubiga yutqazishga ham ulgurgandi (0:1).