"Liverpul" Slot borasida katta miqdorda mablag' tejab qolishi mumkin

"Liverpul" agar Arne Slot Niderlandiya terma jamoasini boshqarsa, unga birinchi yilida qo'shimcha haq to'lashga tayyor.
De Telegraaf nashri xabariga ko'ra, o'tgan mavsum oxirida Mersisayd klubi tomonidan ishdan bo'shatilgandan so'ng, 47 yoshli murabbiy uch yillik shartnomasining qolgan yili uchun 10 million evrodan ortiq kompensatsiya olish huquqiga ega.
Shuning uchun, Niderlandiyadagi birinchi yilida Slotga ma'lum miqdorda pul to'lash orqali "Liverpul" bir necha million dollar tejashi mumkin.
Agar niderlandiyalik murabbiy keyingi mavsumda ishsiz qolsa, u "Liverpul"dan to'liq kompensatsiya oladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar