"Liverpul" Slot bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni to'xtatdi

So'nggi muvaffaqiyatsiz natijalar fonida "Liverpul" rahbariyati bosh murabbiy Arne Slot bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni to'xtatishga qaror qildi. Bu haqda jurnalist Jeyms Uotlend xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan so'ng klub rahbariyati va Slot o'rtasida jiddiy suhbat bo'lib o'tgan. Murabbiyga bosim kuchayishda davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, Angliya Premer-ligasining 9-turi doirasida "Liverpul" safarda "Brentford"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu mag'lubiyat mersisaydliklar uchun chempionat doirasidagi qatorasiga to'rtinchi mag'lubiyat bo'ldi. Avvalroq, Slott shogirdlari "Manchester Yunayted" (1:2), "Chelsi" (1:2) va "Kristal Pelas"ga (1:2) imkoniyatni boy bergandi.