"Liverpul" sentyabr oyidan buyon ilk marta mag'lubiyatsiz seriyasini 4 o'yinga etkazdi.

Arne Slot murabbiyligidagi jamoa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turida safarda "Inter"ni mag'lub etdi (1:0).

"Liverpul" avvalroq "Vest Xem"ni mag'lub etgan (2:0), shuningdek, "Sanderlend" (1:1) va "Lids" (3:3) bilan durang o'ynagan.

"Qizillar"ning bunday mag'lubiyatsiz seriyasi avgust-sentyabr oylaridan beri birinchi marta sodir bo'ldi, o'shanda jamoa ketma-ket ettita g'alabaga erishgan edi.

Chempionlar ligasiga kelsak, bu yilgi mavsumda "Liverpul" hisobida 4 g'alaba va 2 durang bor. Hozirda jamoa 12 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda.

13 dekabr kuni mersisaydliklar "Brayton"ni qabul qiladi.