«Liverpul» senegallik himoyachi transferini e'lon qildi

"Liverpul" 18 yoshli senegallik himoyachi Mor Tall Ndiaye bilan shartnoma imzolashni yakunladi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti xabar berdi.
Ndiaye Angliyada ishlash uchun ruxsatnomasi tasdiqlanishini kutmoqda. U klubning yoshlar jamoasida o'ynashi kutilmoqda. Ndiaye avvalroq o'z vatanida "Ameti" safida o'ynagan.
Ndiaye 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida o'z mamlakati sharafini himoya qilib, 4 ta o'yin o'tkazib, terma jamoasi bilan pley-off bosqichiga chiqdi.